Kino

Netflix «Juda gʻalati ishlar» serialining «Other Worlds» prequelini eʼlon qildi

Yangi serial tomoshabinlarni 1955-yilga olib boradi va «Juda gʻalati ishlar» olamida mustaqil hikoyani soʻzlaydi.

7-noyabr, 11:40По-русски

Read in English

esports.ru

Netflix «Other Worlds: A Stranger Things Adventure» badiiy serialini eʼlon qildi. Prequel voqealari 1955-yilda Nevada shtatining Marion shahrida, original serial va «Stranger Things: The First Shadow» sahna asaridagi voqealardan ancha oldin kechadi. Premyera 2028-yilga rejalashtirilgan.

Syujet markazida yangi qahramonlar va raqiblar boʻladi. Ijodkorlar qoʻrqinch, sirli jumboqlar va gʻayritabiiy hodisalar muhitini saqlab qolishga, biroq hikoyani boshqa sharoitda taqdim etishga vaʼda bermoqda.

Loyiha shouraneri va hammuallifi original serial hamda «Birinchi soya» ustida ishlagan Keyt Trefri boʻldi. Dastlabki uchta epizodni «Poklanish» va «Zulmatli zamonlar» filmlari rejissyori Jo Rayt suratga oladi. Ishlab chiqarish Nyu-Meksikoda boʻlib oʻtadi, aktyorlar tarkibi esa hozircha eʼlon qilinmagan.