Kino

Kris Pratt «Jangchi bolaning yoʻli» filmida dengiz piyodasi rolini ijro etdi

Film voqealari oʻziga ishonchsizlikni yengib, matonatli boʻlishni oʻrganayotgan, bunga dengiz piyodasi boʻlgan amakisi yordam beradigan maktab oʻquvchisi atrofida kechadi.

28-oktabr, 14:05По-русски

Read in English

kino.mail.ru

Kris Pratt, Jude Hill va Linda Kardellini ishtirokidagi «Jangchi bolaning yoʻli» filmining ilk treyleri eʼlon qilindi. Filmga «Terminator: Najotkor kelsin» filmini suratga olgan MakG rejissyorlik qilgan. Film premyerasi 2026-yil 25-noyabrga rejalashtirilgan.

Film syujetiga koʻra, Mark ismli maktab oʻquvchisi oʻqish va tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Yozda Mark va uning onasi Sara yoniga jarohatidan tiklanayotgan dengiz piyodasi amakisi Jeyk keladi. U harbiy tajribasi asosida jiyani uchun dastur ishlab chiqadi, jiyanini intizom va matonatga oʻrgatadi, shu bilan birga oʻzining ichki muammolari bilan ham kurashadi.