Seriallar

«Garri Potter»: Charli Uizli, Jeyms va Lili Potter rollari uchun aktyorlar maʼlum boʻldi

Serial hikoyasini «Garri Potter va falsafa toshi» ekranizatsiyasidan boshlaydi, uning birinchi mavsumi esa 2026-yil 25-dekabrda chiqadi.

29-oktabr, 17:30По-русски

Read in English

Peregino / Wikimedia Commons

HBOʻning «Garri Potter» seriali aktyorlar tarkibiga Jasper Talbot va Hannah Chinn qoʻshildi. Ular Garrining ota-onasi — Jeyms va Lili Potter rollarini ijro etadi.

Harry Gilby Ronning filmlarda koʻrsatilmagan akasi — Charlz (Charli) Uizli rolini oʻynaydi. Jeyms va Lili Potter asl kino dostonida faqat fleshbeklarda, fotosuratlarda va sehrli tasavvurlarda paydo boʻlgan.

Bosh rollarni Dominik Maklaflin, Arabella Stanton va Alastair Stout ijro etadi. Albus Dambldor rolini Jon Litgou, Severus Snegg rolini Paapa Essiedu, Rubeus Hagrid rolini esa Nik Frost oʻynaydi.