Seriallar

Rayli Devis «Kampusdan tashqarida» serialining ikkinchi mavsumida qaytmaydi

Shon Makkoll rolini ijro etgan aktyor suratga olish jadvalidagi muammolar sabab loyihani tark etadi.

20-noyabr, 13:42По-русски

Read in English

Amazon Prime Video / yahoo.com

Rayli Devis «Kampusdan tashqarida» («Off Campus») serialining ikkinchi mavsumida koʻrinmaydi. Shon Makkoll — Elli Heysning (Mika Abdalla) sobiq sevgilisi — rolini ijro etgan aktyor 19 noyabrda eʼlon qilingan People nashriga bergan intervyusida loyihadan ketishini tasdiqladi.

Devisning soʻzlariga koʻra, uning davomiy mavsumdagi ishtiroki dastlab rejalashtirilgan, biroq tomonlar suratga olish jadvallarini kelisha olmagan. Shu bilan birga, aktyor muxlislarni ikkinchi mavsumda ularni koʻplab qiziqarli voqealar kutayotganiga ishontirdi.

Premyerasi 28 aprelga rejalashtirilgan yangi mavsum Elli va xokkeychi Din Di Laurentis (Stiven Kaylin) oʻrtasidagi munosabatlarga eʼtibor qaratadi. Ularning hikoyasi birinchi qismdayoq boshlangan: qiz Shon bilan ayrilganidan soʻng yangi tanishi bilan yaqinlashgan.

Davomiy mavsumda qahramonlar oʻz his-tuygʻularini anglab olishlariga toʻgʻri keladi. Elli bilan qisqa munosabatda boʻlgan Hunter Davenport (Charli Evans) esa qoʻshimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Birinchi mavsum finalida Din ular oʻrtasidagi yaqinlikni bilib qolganidan soʻng sobiq doʻstini hatto urgan edi.

Shouranner Luiza Levi avvalroq Ell Kennedining kitoblar turkumini moslashtirish jarayonida ayrim syujet yoʻnalishlarini oʻzgartirishga toʻgʻri kelganini tushuntirgan. Biroq ijodkorlar kitobxonlarga manzur boʻlgan asosiy jihatlarni saqlab qolmoqchi.

Devis Netflixʼning «Ekipaj qizi» («Crew Girl») yoshlar seriali orqali ham tanilgan.