Enn Heteuey uchinchi marta ona boʻldi
Enn Heteuey va uning turmush oʻrtogʻi Adam Shulman uchinchi farzandli boʻldi. Aktrisani allaqachon Nyu-Yorkda yangi tugʻilgan chaqaloq bilan koʻrishgan.

Enn Heteuey eri Adam Shulmandan uchinchi farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda bir nechta OAV. Nyu-York boʻylab sayr vaqtida olingan, aktrisaning yangi tugʻilgan chaqaloq bilan tushgan suratlarini TMZ eʼlon qildi. Er-xotinning oʻzi oiladagi yangi chaqaloq haqida hozircha izoh bermadi.
2012-yilda turmush qurgan Heteuey va Shulman ikki oʻgʻlini ham tarbiyalamoqda — 10 yoshli Jonatan va olti yoshli Jekni. Aktrisa avvalroq oʻgʻillariga his-tuygʻularini ochiq ifoda etishga yordam berish va ular uchun xavfsiz muhit yaratish oʻzi uchun muhimligini aytgan.
Yulduz homiladorligi haqida iyun oyida Barbara Lyuisning Baby, Iʼm Yours qoʻshigʻi ostida video eʼlon qilib xabar bergan. Videoda u ancha yumaloqlashgan qorni koʻrinib turgan oq koʻylakda namoyon boʻlgan.
«Odisseya» filmi reklama safari davomida Heteuey liboslari bilan ham eʼtibor tortdi. Jumladan, u Ashlyn New York kombinezonini orqa-oldini almashtirib kiygan. Aktrisa muxlislarining mulohazalariga hazil bilan munosabat bildirdi, keyinroq esa homilador ayollar baʼzan kiyim qoringa yaxshiroq mos tushishi uchun shleyfli koʻylaklarni shu tarzda kiyishlarini tushuntirdi.
Nyu-Yorkdagi «Odisseya» premyerasida Heteuey qornini eng yaxshi aksessuar deb atadi. Late Night with Seth Meyers dasturida esa uchinchi homiladorlik oʻzi va eri uchun kutilmagan boʻlganini, garchi ular farzandli boʻlishni rejalashtirgan boʻlsa ham, tan oldi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

