Kino

Keanu Reeves Netflixʼning «Maelstrom» filmida Alan Ritchson oʻrniga rol ijro etadi

Filmda federal marshal aloqa va qoʻshimcha kuchlar boʻlmagan kuchli boʻron paytida guvohga aylangan qurol sotuvchisining boʻlajak kelinini himoya qiladi.

28-oktabr, 15:22По-русски

Read in English

Brian Bowen Smith / deadline.com

Aktyor Keanu Reeves Netflixʼning yangi «Maelstrom» jangovar filmida bosh rolni ijro etadi. U loyihani nomaʼlum sababga koʻra tark etgan Alan Ritchsonning oʻrnini egallaydi.

Filmga «Carry-On» kartinasini suratga olgan Jaume Collet-Serra rejissyorlik qiladi. Ssenariyning hozirgi versiyasi ustida Mark Bianculli ishlagan, dastlabki variantni esa Gregory Fitzpatrick tayyorlagan. Film prodyuserlari Jeff Robinov va Talking Pictures kompaniyasidan Tabitha Shick boʻladi.

Loyiha koʻp yillardan beri ishlab chiqish bosqichida edi: u ilk bor 1993 yilda Warner Bros kompaniyasiga taklif qilingan.