Kino

Yura Borisov ishtirokidagi «Toʻqqizinchi sayyora» fantastik filmi raqamli formatda chiqdi

Film Rossiya prokatida 500 mln rubldan koʻproq daromad koʻrdi va deyarli ikki oy oʻtib onlayn kinoteatrlarga yetib bordi.

20-noyabr, 12:03По-русски

Read in English

championat.com

19 noyabr kuni bosh rolni Yura Borisov ijro etgan «Toʻqqizinchi sayyora» fantastik filmining raqamli premyerasi boʻlib oʻtdi. Film Okko, Premier va Wink onlayn kinoteatrlari obunachilari uchun taqdim etildi.

Film kinoteatrlarda 24 sentyabr kuni namoyish etila boshlagan. Prokat davomida u ishlab chiqarish budjeti 850 mln rublni tashkil etgan holda, 500 mln rubldan koʻproq daromad keltirdi.

Voqealar markazida baxtsiz hodisadan keyin boshqa sayyoradagi xizmatini va sevgilisi Polinani eslay boshlagan avtomexanik Dima turadi. Atrofidagilar uning hikoyalariga ishonmaydi, biroq vahiylarida koʻrgan qiz bilan uchrashuvi qahramonni boʻlayotgan voqealarni mustaqil ravishda anglashga majbur qiladi.

Filmda Borisovdan tashqari Aleksey Serebryakov, Irina Starshenbaum, Konstantin Beloshapka va Maksim Yemelyanov ham suratga tushgan. Filmga «Qiyin oʻsmirlar» seriali bilan tanilgan Nikolay Rybnikov rejissyorlik qilgan.