Kino

Elle va Dakota Fanning «Bulbul» filmida birga rol ijro etdi

Sony Kristin Hannahning nemis istilosi davrida Fransiyada omon qolishga urinayotgan ikki opa-singil haqidagi bestselleri asosida suratga olingan film treylerini taqdim etdi.

20-noyabr, 15:49По-русски

Read in English

variety.com

Sony studiyasi bosh rollarni Elle va Dakota Fanning ijro etgan «Bulbul» filmining rasmiy treylerini chiqardi. Bu loyiha opa-singillarning suratga olish maydonchasida birgalikda paydo boʻlgan ilk filmi boʻldi. Ular filmga 2019-yildayoq qoʻshilgan, biroq ishlab chiqarish jarayoni bir necha bor kechiktirilgan.

Film Kristin Hannahning xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Syujet Ikkinchi jahon urushi yillarida, Fransiya nemis istilosi ostida boʻlgan paytda omon qolishga urinayotgan ikki opa-singil haqida hikoya qiladi.

Film rejissyori «Bridjit Jons: Bolakay deb aqldan ozgan» kartinasi bilan tanilgan Maykl Morris boʻldi. Loyiha prodyuserlari qatorida Riz Uizerspun ham bor.

«Bulbul» filmining jahon prokati 2027-yil 19-martga rejalashtirilgan. Elle Fanning, shuningdek, «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» prequelida ham koʻrinish beradi, Dakota esa yaqinda «Quyosh hech qachon botmaydi» mustaqil melodramasida rol ijro etdi.