Musiqa

Wale birinchi nominatsiyasidan 15 yil oʻtib «Gremmi»ning ikki nominatsiyasiga sazovor boʻldi

Repper Wale Everything Is a Lot albomi va Leon Thomas bilan hamkorlikda yozilgan qoʻshigʻi uchun «Gremmi»ning ikki mukofotiga daʼvogarlik qilmoqda.

17-noyabr, 16:28По-русски

Read in English

billboard.com

Amerikalik repper Wale 2027 yilgi «Gremmi» mukofotining ikki nominatsiyasini oldi. Uning Everything Is a Lot albomi «Eng yaxshi rep-albom» nominatsiyasida koʻrsatilgan, Leon Thomas bilan birga yozilgan Watching Us kompozitsiyasi esa eng yaxshi melodik rep ijrosi uchun mukofotga daʼvogarlik qilmoqda.

42 yoshli musiqachi uchun bu 15 yil ichidagi ilk nominatsiyalardir. Uning ijodi oxirgi marta 2011 yilda eʼtirof etilgan: oʻshanda Lotus Flower Bomb qoʻshigʻi mukofotga daʼvogarlar qatoridan joy olgan.

Wale Yozuv akademiyasi eʼtiborining qaytishini kutmaganini tan oldi. U yangi nominatsiyalarni oʻzi uchun ayniqsa hayajonli voqea deb atadi va faoliyati davomida unga yordam bergan jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Everything Is a Lot albomi 2025 yilda chiqdi va repperning Def Jam leyblidagi ilk ishi boʻldi. Plastinka Billboard 200 reytingining top-20 qismida debyut qildi, Watching Us esa Billboard Hot 100’da 76-oʻringa koʻtarildi.

«Gremmi» mukofotlarini topshirish marosimi 2027 yil 7 fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi.