HBOʻning «Garri Potter» seriali budjet boʻyicha «Taxtlar oʻyini»dan oʻzib ketdi — $200 mln dan ortiq
Birinchi mavsum premyerasi 2026-yil 26-dekabrga rejalashtirilgan: u sakkiz epizodda «Falsafa toshi» voqealarini qayta hikoya qiladi, deb xabar bermoqda Deadline.

Budjet bahosi Britaniyaning Plum Jam Productions kompaniyasining moliyaviy maʼlumotlari eʼlon qilinganidan keyin paydo boʻldi. Kompaniya 2026-yildagi daromadlari aynan «Garri Potter» bilan bogʻliqligini tasdiqlamadi, biroq loyiha bilan tanish manba bu serialni HBO tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri deb atadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, xarajatlar «Taxtlar oʻyini» va «Bizlardan biri» seriallarining yakuniy mavsumlari budjetlariga taxminan mos keladi — har bir epizod uchun qariyb $15 mln. Xarajatlarga nafaqat inflyatsiya, balki keyingi mavsumlarda ham foydalanish rejalashtirilayotgan dekoratsiyalar sonining koʻpligi ham taʼsir koʻrsatgan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

