Jeymi Dornan Aragorn rolida Viggo Mortensen bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi
Aktyor tomoshabinlar Aragorn obrazida Viggo Mortensenni koʻrishga oʻrganib qolganini tushunadi va u bilan raqobatlashmoqchi emas.

«Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmida Aragorn rolini ijro etishi kerak boʻlgan Jeymi Dornan bu obraz bilan bogʻliq bosim haqida soʻzlab berdi. Aktyorning aytishicha, u rolning ahamiyatini anglaydi, biroq oʻzidan avvalgi ijrochidan oʻzib ketishga urinmoqchi emas. «Men uchun Aragorn har doim Viggo boʻlib qoladi», — deya tan oldi Dornan.
Yangi filmda qahramon tomoshabinlarga sargardon va izquvar sifatida tanish boʻlgan yoshroq davrida namoyon boʻladi. Rejissyorlikni Endi Serkis bajaradi, u Gollum roliga ham qaytadi. Syujet «Uzuklar ittifoqi» voqealari davrida ushbu qahramonni izlash haqida hikoya qiladi.
Serkisning soʻzlariga koʻra, Viggo Mortensen yangi ijrochi tanlanganini maʼqullagan. Film premyerasi 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

