Kino

«Qasoskorlar: Qiyomat kuni»ning final treyleri Stiv Rodjersning Fantastik toʻrtlik bilan uchrashuvini koʻrsatdi

Marvel qahramonlari sobiq Kapitan Amerikaga murojaat qilib, uni yangi global tahdid haqida ogohlantiradi.

24-noyabr, 15:35По-русски

Read in English

deadline.com

Marvel Studios «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining final treylerini taqdim etdi. Unda Fantastik toʻrtlik ishtirokchilari ham paydo boʻldi. Ular avvalgi hayotini ortda qoldirishga urinayotgan Stiv Rodjersga murojaat qilib, uni yaqinlashib kelayotgan xavfdan ogohlantiradi.

Filmning asosiy jihatlaridan biri Robert Dauni-kichikning ishtiroki boʻladi. U Temir odam rolini koʻp yillar ijro etganidan soʻng Marvel olamiga bosh antagonist — doktor Viktor fon Dum obrazida qaytadi.

Film premyerasi 18 dekabrga rejalashtirilgan. Disney moliya direktori Hyu Jonstonning soʻzlariga koʻra, film namoyish etilishidan uch oy avval chiptalarning dastlabki savdosi 50 million dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, «Qasoskorlar: Intiho» filmining dastlabki chipta savdosi 120 million dollarga yetgan.

Yangi film kinoprokatda Warner Bros. va Legendary kompaniyalarining «Dyuna: Uchinchi qism» filmi bilan raqobatlashishiga toʻgʻri keladi. 70 millimetrli plyonkada namoyish etadigan ayrim IMAX zallaridagi chiptalar allaqachon toʻliq sotilgan. Ikki yirik fantastik film premyerasi AQSh kinoprokatida uzoq vaqt ichida ilk bor tomoshabinlar uchun jiddiy kurash olib borishi kutilmoqda.