Tanqidchilar Devid Fincherning Kliff But haqidagi filmini triumf deb atadi
Ilk tomoshabinlar Bred Pitt ishtirokidagi «Kliff Butning yangi sarguzashtlari» filmini yuqori baholab, uni yilning eng yaxshi kinematografik voqealaridan biri deb atadi.

Film rejissyori Devid Fincher, ssenariy muallifi esa Kventin Tarantino boʻldi. Pitt «Bir paytlar... Gollivudda» filmi qahramoni Kliff But rolini yana ijro etdi. Bu safar voqealar 1977-yilda kechadi: kaskadyor Los-Anjeles kinoindustriyasida muammolarni hal qiluvchi oʻziga xos odamga aylanadi.
Variety sharhlovchisi Kleyton Devis filmni telbalarcha va nihoyatda kulgili deb atab, Pitt soʻnggi yillardagi eng yaxshi aktyorlik ishlaridan birini namoyish etganini taʼkidladi. Elizabet Debiki ham maqtovlarga sazovor boʻldi.
Jermaine Lyusye filmni oʻzi uchun yilning sevimli filmi deb atadi. TheWrap tanqidchisi Dryu Teylor uni mutlaq triumf sifatida taʼriflab, Fincherning rejissyorlik uslubi bilan Tarantinoning ssenariy yondashuvi uygʻunligini yuqori baholadi.
Boshqa jurnalistlar filmning vizual estetikasi, 1970-yillar Gollivudining muhiti hamda Pitt va Debikining ekrandagi uygʻunligini qayd etdi. Tanqidchilar Piter Wellerning aktyorlik ijrosini ham alohida taʼkidladi.
Film haqidagi toʻliq taqrizlar 2026-yil 19-noyabrda eʼlon qilinadi. IMAX formatidagi cheklangan prokat 25-noyabrda boshlanadi, 23-dekabrda esa film Netflixʼda tomosha qilish uchun taqdim etiladi.



