Kino

Stiven Spilberg Kristofer Nolan «Iliada»ni ekranlashtirishini xohlaydi

Rejissyor «Odisseya» namoyish etilgach, hamkasbini qadimgi yunon dostoni asosida film suratga olishga ochiqchasiga chaqirdi.

19-noyabr, 15:26По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Stiven Spilberg Kristofer Nolanga Gomerning «Iliada» dostoni asosida film suratga olishni taklif qildi. Rejissyorlar bu haqda Los-Anjelesda Amerika Rejissyorlar gildiyasi tomonidan tashkil etilgan ochiq uchrashuvda suhbatlashdi.

Spilberg «Odisseya» ekranlashtirilgach, Nolan qadimgi yunon shoirining yana bir mashhur asariga murojaat qiladi degan umid bildirdi. «Oʻzga sayyoralik» filmi rejissyori hazil tariqasida bunday koʻlamli film davomsiz qolmasligi kerakligini aytdi.

Nolan taklifga hazil bilan javob berib, hamkasbini Universal studiyasi manfaatlarining vakili deb atadi. Spilberg bu rolini tasdiqlab, Universal Pictures rahbari Donna Lengli va kompaniya rahbari Piter Levinsonni tilga oldi.

Bu suhbat studiyaning Nolan Gomer asarlari asosida yana ishlashidan manfaatdor ekaniga ishora qilishi mumkin, biroq «Iliada» ekranlashtirilayotgani haqida hozircha rasmiy tasdiq yoʻq.

«Odisseya» Mett Deymon, Tom Holland va boshqa taniqli aktyorlar ishtirokidagi qadimgi eposning katta koʻlamli ekranlashtirilishiga aylandi. Filmda Holland bosh qahramonning oʻgʻli Telemax rolini ijro etdi.