Ien Makkellen Magneto roliga qaytganidan xursand boʻlganini tan oldi
Aktyor «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmida yana Magneto rolini ijro etdi va Marvel taklifiga qanday munosabat bildirgani haqida gapirdi.

Ien Makkellen «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmida Magneto roliga qaytdi. Yangi filmda «Iks odamlar» franshizasining faxriylari birlashib, Doktor Dumga qarshi turadi va oʻz dunyosini halokatdan himoya qiladi.
Aktyor film ijodkorlari uni va uning qahramonini yodda tutayotganini bilganidan xursand boʻlganini tan oldi. Makkellenning soʻzlariga koʻra, muxlislar ham Magnetoni unutishmaydi: deyarli har kuni kimdir uning oldiga kelib, «Iks odamlar» haqida suhbatlashadi.
«Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan. Shu kuni kinoteatrlarda «Dyuna» filmining uchinchi qismi ham namoyish etila boshlaydi.



