Jek OʻKonnell «Sokin joy 3» filmida Killian Merfi qahramonining birodari rolini ijro etadi
Film trilogiyaning yakuniy qismi boʻladi va 2027-yil 30-iyulda jahon prokatiga chiqadi.
23-oktabr, 11:58По-русски

Кадр из к/ф «Тихое место 2» / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
Aktyor Jek OʻKonnell Killian Merfi qahramonining birodari rolini ijro etishini maʼlum qildi. U boʻlajak film syujetiga oid tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Filmda, shuningdek, Emili Blant, Militsent Simmonds va oʻz rollariga qaytadigan boshqa aktyorlar ham ishtirok etadi.
«Sokin joy» — Yerga oʻzga sayyoralik mavjudotlar bostirib kirganidan keyin odamlarning omon qolishi haqida hikoya qiluvchi fantastik franshiza. Bu mavjudotlar har qanday tovushga ov qiladi. Mahluqlarga yem boʻlmaslik uchun tirik qolganlar mutlaq sukunatga rioya qilishga majbur.



