«Shershni» (Yellowjackets) serialining toʻrtinchi mavsumi hikoyaning yakuniy bobi boʻladi
Mashhur serialning final mavsumi 20-noyabrda boshlanadi va qariyb ikki yil oʻrmonda qolib ketgan omon qolganlar bilan nima yuz berganini ochib beradi.

20-noyabr kuni 2021-yilda ilk bor namoyish etilgan «Shershni» (Yellowjackets) serialining toʻrtinchi va soʻnggi mavsumi premyerasi boʻlib oʻtadi. Loyihani Eshli Layl va Bart Nikerson yaratgan. Serial «Emmi» mukofotiga 10 ta nominatsiyani qoʻlga kiritgan.
Yangi qismlar aviahalokatdan keyin odam qadami yetmaydigan hududda qolib ketgan maktab futbol jamoasidagi qizlar haqidagi voqeani davom ettiradi. Final mavsumi omon qolganlarning qariyb ikki yillik yakkalanishdan soʻng oʻrmondan qanday chiqib ketganini nihoyat koʻrsatadi. Biroq odatiy hayotga qaytish oson kechmaydi: boshdan kechirilgan voqealar oʻsmirlarga taʼsir qilishda davom etadi.
Hozirgi zamon voqealari rivojida ham oʻtmishdan bir kishi paydo boʻladi. Uning oʻz rejalari va qahramonlar hayotiga aralashish uchun shaxsiy sabablari bor.
Yangi qismlar Paramount+ Premium platformasida har hafta juma kunlari chiqadi. Namoyish 2027-yil 22-yanvarda yakunlanadi. Tomoshabinlar final oldidan voqealarni yodga olish uchun avvalgi mavsumlarni ham shu platformada tomosha qilishlari mumkin.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

