Seriallar

Samuel L. Jackson «Frisko qiroli» seriali treylerida jinoiy biznesga boshchilik qildi

Mashhur «Talsa qiroli» kriminal shousining Samuel L. Jackson bosh rolni ijro etgan spin-offi — «Frisko qiroli» serialining toʻliq metrajli ilk treyleri chiqdi.

19-noyabr, 15:42По-русски

Read in English

variety.com

Aktyor original loyihaning uchinchi mavsumida ilk bor paydo boʻlgan Rassel Li Vashington-kichik obraziga qaytdi. Syujetga koʻra, qahramon Nyu-Orleandan Texasdagi Friskoga koʻchib oʻtadi va u yerda firibgarlik sxemalari uchun qulay zamin borligini anglaydi. U yosh protejesi, haydovchisi va bir guruh sheriklari bilan kichik firibgarliklarni yirik jinoiy imperiyaga aylantirmoqchi.

Serialni «Yellouston» va «Talsa qiroli» loyihalari bilan tanilgan Teylor Sheridan yaratgan. Samuel L. Jacksondan tashqari, aktyorlar tarkibiga Asa Jermann, Kay Kaster, Lila Peyt va Silvestr Stallone ham kirgan.

«Frisko qiroli»ning premyerasi 18 dekabr kuni Paramount+ platformasida boʻlib oʻtadi. Birinchi kuni tomoshabinlarga birdaniga ikki epizod taqdim etiladi, shundan keyin yangi qismlar har hafta juma kunlari chiqadi.