Yulduzlar

Darius Rucker yangi hujjatli filmda ogʻir ajrashuvi haqida gapirdi

Xonanda rafiqasi bilan 20 yillik nikohdan keyingi ayriliq hayotidagi eng ogʻriqli davrlardan biri boʻlganini tan oldi.

18-noyabr, 11:47По-русски

Read in English

usmagazine.com

Amerikalik kantri ijrochisi Darius Rucker «Darius Rucker: Meni Huti deb atashardi» (Darius Rucker: They Called Me Hootie) hujjatli filmida nikohi buzilgani haqida ochiq gapirdi. Musiqachi ajrashuv hayotidagi eng ogʻir sinovlardan biriga aylanganini tan oldi.

Rucker va uning sobiq rafiqasi Bet Leonard 2020-yil iyulida 20 yillik birgalikdagi hayotdan keyin ayrilishlarini eʼlon qilishdi. Ularning ikki farzandi bor: 2001-yilda tugʻilgan qizi Daniella va 2004-yilda dunyoga kelgan oʻgʻli Jek.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, u bazmlardan va avvalgi turmush tarzidan voz kechganidan keyin ham ular yana koʻp yil birga yashashda davom etishgan. Biroq vaqt oʻtishi bilan er-xotin bir-biridan uzoqlashgan. Rucker oʻsha davrni dahshatli deb atadi va ayriliqni ogʻir kechirganini tan oldi.

Hujjatli filmda uning nikohi haqidagi avvalgi fikrlari ham namoyish etiladi. Intervyulardan birida musiqachi sobiq rafiqasi uning farovonligi uchun hamma narsani qilganini, oʻzi esa xatti-harakatlari bilan munosabatlarni buzganini tan olgan.

Hozir Rucker xonanda Emili Dil bilan unashtirilgan, biroq ajrashuv haqidagi xotiralar hamon unda kuchli hissiyotlar uygʻotadi. Sanʼatkor boʻlib oʻtgan voqeadan saboq chiqarishga, yaxshiroq inson va ota boʻlishga harakat qilganini aytdi.

Film musiqachining hayotidagi turli bosqichlarni — Charlestondagi bolalik yillari, jahon miqyosidagi shuhrat, qaramliklar bilan kurash va shaxsiy hayotidagi muammolarni qamrab oladi. Loyihada, shuningdek, ijrochining doʻstlari, hamkasblari va qizi bilan suhbatlar ham berilgan.

Darius Rucker: They Called Me Hootie hujjatli filmi allaqachon Hulu platformasida mavjud.