Kino

DC Studios Jon Konstantin haqidagi yangi film uchun ssenariynavis topdi

Manbalarga koʻra, «Yuma okrugidagi soʻnggi bekat» filmi ssenariynavisi Frensis Galluppi DC Studiosning Jon Konstantin haqidagi filmini yozadi. Loyiha dastlabki bosqichda.

6-noyabr, 10:01По-русски

Read in English

kinonews.ru

Loyiha ishlab chiqishning dastlabki bosqichida. Galluppi original ssenariy yaratadi, biroq film rejissyori, aktyorlar tarkibi va namoyish muddati hozircha belgilanmagan.

Filmni sahnalashtiruvchi ijodkor uchun bu ikkinchi yirik studiya loyihasiga aylanadi. Uning avvalgi ishi — «Yuma okrugidagi soʻnggi bekat» kriminal trilleri — tanqidchilardan ijobiy baholar olgan. Hozir Galluppi «Yovuz oʻliklar» qoʻrqinchli filmlar franshizasining 7-qismi ustidagi ishni yakunlamoqda. Uning premyerasi 2028-yil 7-aprelga rejalashtirilgan.

Jon Konstantin — Alan Mur, Stiv Bissett va Jon Totleben tomonidan yaratilgan DC komikslari qahramoni boʻlib, u ilk bor 1985-yilda paydo boʻlgan. U okkultizm va demonologiya boʻyicha mutaxassis sifatida tanilgan. 2005-yilda chiqqan «Konstantin: Zulmat hukmdori» filmida qahramon rolini Kianu Rivz ijro etgan, NBC telekanalining shu nomdagi serialida esa uni Mett Rayan gavdalantirgan.