Kino

Klas Bang ishtirokidagi I Is Another tarixiy dramasini sakkiz mamlakatda prokatga chiqarish uchun sotib olishdi

Feliks Randau filmi Fransiya, Ispaniya, Hindiston, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda namoyish etiladi.

11-noyabr, 15:31По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Beta Cinema kompaniyasi rejissyor Feliks Randau suratga olgan I Is Another tarixiy dramasini xalqaro prokatga chiqarish boʻyicha bir qator kelishuvlar tuzdi. Filmni namoyish etish huquqini sakkiz mamlakatdagi distribyutorlar sotib oldi. Fransiyada filmni ARP Selection, Ispaniyada — Youplanet Pictures, Skandinaviyada — Angel Films, Hindistonda esa Big Tree Entertainment prokatga chiqaradi. Palace Films Avstraliya va Yangi Zelandiyada, Vertigo Media Vengriyada, Beta Film Bolgariyada, Red Cape esa Isroilda prokat bilan shugʻullanadi.

Bosh rolni Klas Bang ijro etgan. U SS rahbari Genrix Gimmlerning massajchisi Feliks Kersten obrazini gavdalantirgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Kersten konslagerlardagi minglab mahbuslarning ozod qilinishiga yordam bergan. Syujet markazida uning Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini olish umidida Osloga qilgan safari turadi. Biroq tungi poyezdda qahramon uni firibgar deb hisoblaydigan jurnalist Hedda (Valeri Pahner) bilan uchrashib qoladi.

Filmning jahon premyerasi yozda Lokarno festivalida boʻlib oʻtdi. Germaniyada kartina 2027 yil boshida namoyish etiladi. Boshqa mamlakatlarda chiqish sanasi hozircha aniqlashtirilmagan.