Paramount+ bank talonchiligi haqidagi «The Day» serialining ilk kadrlarini namoyish etdi
Sakkiz qismdan iborat triller 2018-yilgi Belgiya seriali asosida yaratilgan.

Bankni talon-toroj qilish va garovga olish voqeasi uch nuqtayi nazardan — politsiyachilar, jinoyatchilar va garovga olinganlar nigohi orqali — koʻrsatiladi, deb yozadi Hollywood Reporter.
Paramount+ bosh rollarda Minnie Driver, Luca Pasqualino va Louise Harland ishtirok etgan «The Day» serialining ilk kadrlarini eʼlon qildi. Syujetga koʻra, politsiya bank talanganini aniqlaydi, shundan soʻng jinoyatchilar garovga olinganlar bilan birga bino ichida barrikada qurib oladi. Minnie Driver ijro etgan muzokarachi Sylvia Woxley odamlarni qutqarishga urinadi.
Sakkiz qismdan iborat loyiha 2018-yilgi Belgiyaning «De Dag» seriali asosida yaratilgan. Uni Dynamic Television va Clapperboard Studios ishlab chiqqan hamda hamkorlikda ishlab chiqargan. Ssenariyni Ben Harris va Jesse OʻMahony yozgan, rejissyorlar esa aka-uka Andy va Ryan Tohill boʻlgan.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

