Seriallar

«Doktor X» 15,2 foiz reyting bilan yakunlandi, «100 kunlik aldov» esa rekord oʻrnatdi

«Doktor X» tibbiy dramasi finali Janubiy Koreyada haftaning eng koʻp tomosha qilingan telekoʻrsatuvi boʻldi.

16-noyabr, 15:51По-русски

Read in English

soompi.com

14 noyabr kuni SBS telekanalida bosh rolda Kim Ji Von ishtirok etgan «Doktor X» (Doctor X) tibbiy noir dramasining soʻnggi qismi namoyish etildi. Nielsen Korea maʼlumotlariga koʻra, finalning mamlakat miqyosidagi oʻrtacha reytingi 15,2 foizni tashkil etib, barcha telekoʻrsatuvlar orasida haftaning eng koʻp tomosha qilingan dasturiga aylandi.

Ayni paytda tvN telekanalidagi «100 kunlik aldov» (100 Days of Deception) josuslik melodramasi 8 foiz reyting bilan shanba kunlari namoyish etiladigan qismlar uchun yangi rekord oʻrnatdi. «Qilich va sukunat» (Sword & Silence) tarixiy dramasi KBS 2TV telekanalida 4,7 foiz reyting bilan efirga chiqdi, «Mukammal yolgʻon» (The Perfect Lie) esa namoyishining birinchi yarmini shanba kunlari uchun eng yuqori natija — 2,5 foiz bilan yakunladi.

KBS 2TV telekanalidagi «Menyudagi sevgi» (Love on the Menu) seriali ham 15 foiz reyting bilan oʻz vaqt oraligʻida birinchi oʻrinni egalladi.