An Bo Hyon va Klaudiya Kim «Muqaddas gavhar»da maqomiga qaramay yaqinlashadi
Aktyorlar An Bo Hyon va Klaudiya Kim JTBC telekanalining yangi «Muqaddas gavhar» dramasida tuygʻulari ijtimoiy tafovutlarga duch keladigan qahramonlarni gavdalantiradi.

Yangi kadrlarda voqealari 1258-yilda, Moʻgʻullar bilan 30 yillik urushdan keyingi Koryoda kechadigan tarixiy dramaning qahramonlari oʻrtasidagi tarang munosabatlar aks etgan. Serial premyerasi 5-dekabr kuni Koreya vaqti bilan soat 22:40 da JTBC telekanalida boʻlib oʻtadi.
An Pek Kyol rolini ijro etadi. U qirollik gvardiyasining sobiq jangchisi va yosh lashkarboshi boʻlib, syujetga koʻra, mamlakatni himoya qilishi kerak boʻlgan muqaddas yodgorlik — Avalokiteshvara munchoğini izlashga otlangan otryadga boshchilik qiladi.
Kim imperatorning kenja qizi Van Xi rolida ishtirok etadi. Yoshligida beva qolgan malika Kyonhva saroyida yolgʻiz yashaydi va atrofidagilarni oʻzidan uzoqda tutishga odatlangan. Pek Kyol bilan uchrashuvi uning hayotga munosabatini oʻzgartiradi, ular oʻrtasidagi aloqa haqidagi mish-mishlar esa saroy tashqarisiga tarqaladi.
Eʼlon qilingan kadrlardan birida qahramonlar Koryo davriga xos ipak kiyimlarda tasvirlangan. Boshqa bir sahnada esa ular mojaroning ikki qarama-qarshi tomonida namoyon boʻladi. Drama ijodkorlarining taʼkidlashicha, personajlar oʻrtasidagi munosabatlar asta-sekin oʻzgarib boradi, ularning tuygʻulari esa Koryoni qutqarish yoʻlidagi xavfli safar bilan chambarchas bogʻliq boʻladi.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

