Kino

Aktyor Matyoqub Matchanov «Qorqut Ota» kinofestivalida mukofot oldi

Aktyor oʻzbek filmi «Farz»dagi roli uchun «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

9-noyabr, 17:35По-русски

Read in English

novastan.org

Oʻzbekistonlik aktyor Matyoqub Matchanov Istanbulda oʻtkazilayotgan VI Xalqaro turkiy dunyo kinofestivali — «Qorqut Ota» festivalida mukofot oldi. Hakamlar hayʼati uni rejissyor Sarvar Karimovning «Farz» filmidagi roli uchun eng yaxshi aktyor deb topdi.

«Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasidagi gʻalaba oʻzbekistonlik sanʼatkor ijodining navbatdagi xalqaro eʼtirofi va milliy kinematografiya yutugʻi boʻldi.