Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi raqamli formatda chiqdi
Mett Deymon va Robert Pattinson ishtirokidagi film premyeradan toʻrt oy oʻtib, xarid qilish va ijaraga olish uchun taqdim etildi.

Kristofer Nolanning «Odisseya» filmi raqamli platformalarda paydo boʻldi. Filmni xarid qilish yoki ijaraga olish mumkin, xaridorlar esa 90 daqiqadan ortiq qoʻshimcha materiallardan, jumladan, sahna ortidagi 12 ta videodan foydalanish imkoniga ega boʻladi.
Kartinada bosh rollarni Odissey obrazini ijro etgan Mett Deymon va Antinoy obrazini gavdalantirgan Robert Pattinson oʻynagan. Deyarli uch soat davom etadigan film Gomerning qadimgi yunon eposi asosida suratga olingan va yilning eng yirik kino loyihalaridan biriga aylangan.
Raqamli versiyaning tomonlar nisbati 1,78:1 boʻlib, IMAX formatiga yaqinlashtirilgan. Filmning IMAX kinoteatrlaridagi takroriy namoyishlari ham dekabr oyiga rejalashtirilgan. Blu-ray, DVD va 4K Ultra HD formatlaridagi jismoniy nashrlar 17-noyabr kuni sotuvga chiqadi.
Keyinchalik film Peacock striming servisida paydo boʻladi. Uning onlayn premyerasi sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.



