Pe Du Na ishtirokidagi «Oilaviy ishlar» seriali dekabrda ikkinchi mavsum bilan qaytadi
Janubiy Koreyaning «Family Matters» fantastik trilleri davomi 18 dekabrda namoyish etiladi. Aktyorlar tarkibiga yangi qahramon qoʻshiladi.

Janubiy Koreyaning «Family Matters» («Oilaviy ishlar») seriali ikkinchi mavsumga ega boʻladi. Davomining premyerasi 18 dekabr kuni Koreya vaqti bilan soat 20:00 da boʻlib oʻtadi.
Hikoya markazida Pe Du Na ijrosidagi Yon Su qoladi. Uning qahramoni boshqa odamlarning xotiralarini istalgancha tahrirlash qobiliyatiga ega. U oilasi bilan birga bu qobiliyatdan jinoyatchilarga qarshi kurashishda foydalanadi.
Ikkinchi mavsumda Yon Suning qarindoshlari yangi shaharga koʻchib oʻtadi. U yerda ular oʻtmish sirlariga duch kelishi, yovuzlikning kelib chiqishini aniqlashi va aybdorlardan qasos olishi kerak boʻladi.
Premyera sanasi eʼlon qilinishi bilan birga ijodkorlar poster va tizer ham taqdim etdi. Posterdagi tasvirda Yon Su oʻziga xos «Endi diqqat bilan tinglang» iborasi bilan aks etgan. Videoda oila yangi joyda harakat boshlaydi, jamoaga esa Pak Byon In ijrosidagi Chol Yon amaki qoʻshiladi. Uning qahramoni moʻylov va parikda namoyon boʻladi. Pek Yun Sik ijrosidagi bobo Kan Son ham davomiy mavsumda qaytadi.
Bu orada Ji Hun (Lomon) va Ji U (Li Su Hyon) nufuzli Kvanin maktabida yangi sinovlarga duch keladi. Ularning syujet liniyasida yanada koʻlamli jangovar sahnalar boʻladi.
«Family Matters»ning birinchi mavsumi Viki platformasida mavjud.
Yana oʻqing

Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi

Cha Seung Von va Kim Do Hun yangi «Isteʼfodagi xodimlarni boshqarish boʻlimi» doramasida sobiq agentlar rolini ijro etadi

