«Dedpul va Rosomaxa» — Marvelʼning eng qimmat filmi, byudjeti 550 mln dollardan oshdi
Bu summaga 2023 yilda ssenariynavislar va aktyorlarning ish tashlashlari vaqtida suratga olish guruhi bekor turib qolgan davr uchun qilingan xarajatlar ham kiritilgan.
1-noyabr, 13:10По-русски

Gage Skidmore / Wikimedia Commons
Disney ilk bor «Dedpul va Rosomaxa» filmi uchun qilingan umumiy xarajatlarni oshkor qildi — ular 556 mln dollarni tashkil etgan.
Buyuk Britaniyadagi soliq chegirmalari hisobga olingach, hisob-kitob 446 mln dollargacha kamaydi. Bu byudjeti qariyb 400 mln dollar boʻlgan «Qasoskorlar: Intiho» filmiga sarflangan xarajatlardan koʻproq.
Marvel kinematografik olamining navbatdagi filmi «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» boʻladi. Uning premyerasi 2026 yil 18 dekabrga rejalashtirilgan.



