Seriallar

Sara Snuk Alfred Xichkok filmidan ilhomlangan «Qushlar» serialida paydo boʻladi

Bosh qahramon Mayra dugonasining gʻoyib boʻlishini tergov qiladi va jinoyat bilan bogʻliq qushlar hujumidan qizini himoya qiladi.

29-oktabr, 14:05По-русски

Read in English

Ash Saribekyan / Unsplash

Aktrisa Sara Snuk Alfred Xichkokning filmi va Dafna Dyumoryening qissasidan ilhomlangan «Qushlar» mini-serialida bosh rolni ijro etadi. HBO loyiha ustida ishlash huquqlarini qoʻlga kiritdi. Loyihani oʻtgan yozda Universal Global Television sotib olgan edi.

Syujetga koʻra, Mayra qizining vasiyligi uchun kurashganidan soʻng kichkina qizi bilan uyiga qaytadi va bolalikdagi gʻoyib boʻlgan dugonasini yashirincha izlaydi. Qotil hali ham ozodlikda ekan, qahramon yangi tahdid — qushlarning tushunarsiz va shafqatsiz hujumlariga qarshi turishiga toʻgʻri keladi.