15 yil oʻtib, «Forsaj»ning idealga eng yaqin filmi Netflixʼdan ketmoqda
Beshinchi qismda Dominik Toretto va Brayan OʻKonner Rio-de-Janeyroda amerikalik agentlardan yashirinib, 100 million dollarlik talonchilikni rejalashtiradi.
29-oktabr, 12:32По-русски

Universal Pictures / polygon.com
«Forsaj 5» platformada yozgi namoyishdan soʻng 1-noyabr kuni Netflix katalogini tark etadi. Bu film franshizaning koʻcha poygalari oʻrnini talonchilik haqidagi voqea egallagan ilk qismidir.
Asosiy ekshen sahnasi Dominik va Brayan Rio-de-Janeyro koʻchalarida ikki Dodge Charger avtomobili yordamida sudrab ketayotgan bank seyfi atrofida qurilgan. Sahna Puerto-Rikoda suratga olingan: boshqariladigan seyfdan foydalanilgan va haqiqiy vayronagarchiliklar yaratilgan, biroq ayrim elementlar kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan.



