Seriallar

Rendall Park va «Grey anatomiyasi» yulduzlari «Katta xatolar»ning ikkinchi mavsumida paydo boʻladi

Netflix Dan Levi va Reychel Sennottning komedik kriminal seriali uchun yangi mehmon aktyorlarni eʼlon qildi.

13-noyabr, 16:26По-русски

Read in English

deadline.com

Rendall Park, Debi Meyzar, T. R. Nayt va Jeff Perri Netflixʼning «Katta xatolar» (Big Mistakes) seriali ikkinchi mavsumi aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. Toʻrtovlon ham mehmon rollarida ishtirok etadi. Mavsum suratga olish ishlari Nyu-Jersida yakunlandi, shuningdek, bir nechta sahna Palermoda (Italiya) suratga olindi.

Syujet markazida Nikki (Dan Levi) va Morgan (Teylor Ortega) ismli aka-singil turadi. Oʻlayotgan buvisi uchun qilingan muvaffaqiyatsiz oʻgʻrilik tufayli ular uyushgan jinoyatchilik olamiga tortilib ketadi. Qahramonlar tahdidlar ostida tobora xavfliroq topshiriqlarni bajarishga majbur boʻladi.

Avvalroq loyihaga Lorenzo de Moor va Purna Jagannatan qoʻshilgan, Elizabet Perkins esa asosiy aktyorlar tarkibining doimiy aʼzosi maqomini olgan edi. Serialda, shuningdek, Lori Metkalf, Jek Innanen, Boran Kuzum va Ebbi Kuin ham suratga tushmoqda.