Vogue 2026-yilning eng eʼtiborga molik hujjatli filmlari roʻyxatini tuzdi
Tanlovdan harbiy mojarolar, tarixiy voqealar, texnologiyalar, ekologiya va inson taqdirlari haqida hikoya qiluvchi 10 ta film oʻrin oldi. Tahririyat filmlarni oʻrinlar boʻyicha saralamadi.

Roʻyxatga Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarda sunʼiy intellektdan foydalanish haqida hikoya qiluvchi «Naza»; Theranos asoschisi Elizabet Holmsning qamoqqa tushishidan oldingi hayoti haqida «Hammasini koʻrish»; Harlem uygʻonishi ishtirokchilari haqida «Bir kuni Harlemda» va «Beton tarixi» filmlari kiritildi.
Shuningdek, tahririyat oʻzlari sodir etmagan jinoyat uchun qamoqda 36 yil oʻtkazgan uch erkak haqida hikoya qiluvchi «Guvoh koʻrsatma berishdan bosh tortganda»; Kanadadagi oq ayiqlar hayoti haqida «Ayiq-qoidabuzar»; jurnalist E Jin Kerroll haqida «E Jindan soʻra» filmlarini ham qayd etdi.
Roʻyxatni asalarichilar oilasi haqida hikoya qiluvchi «Oʻgʻil bolalar va asalarilar» qisqa metrajli filmi hamda teatr arbobi va rejissyor Luis Valdes haqida «Amerikalik pachuko: Luis Valdes afsonasi» filmlari yakunlaydi.



