Ju Ji Hun 16 yillik hamkorlikdan soʻng agentlikni tark etdi va oʻz kompaniyasini tuzadi
Janubiy koreyalik aktyor Ju Ji Hun Blitzway Entertainment bilan hamkorligini yakunlab, mustaqil faoliyatga tayyorgarlik koʻrmoqda.
17-noyabr, 11:55По-русски

soompi.com
Blitzway Entertainment aktyor Ju Ji Hun bilan eksklyuziv shartnoma yakunlanganini maʼlum qildi. Qaror uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan qabul qilindi.
Aktyor kompaniyaning asosiy rahbarlari bilan 16 yil davomida hamkorlik qildi. Agentlik shu vaqt ichida tomonlar oʻrtasida mustahkam ishonchli munosabatlar shakllanganini taʼkidladi.
Endi Ju Ji Hun oʻzining mustaqil kompaniyasini ochmoqchi. Sobiq agentlik aktyorga keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning qarorini qoʻllab-quvvatladi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

