Kino

Ryu Gyon Su «Rekrut: Arvohlar kezadigan harbiy shifoxona» filmida sirli kapral rolini ijro etdi

Film ijodkorlari harbiy shifoxona tarixi bilan bogʻliq sirni yashirayotgan qahramon obrazini gavdalantirgan aktyor ishtirokidagi ilk kadrlarni taqdim etdi.

25-noyabr, 14:49По-русски

Read in English

soompi.com

Janubiy Koreyaning Ryu Gyon Su ishtirokidagi «Rekrut: Arvohlar kezadigan harbiy shifoxona» filmidan yangi kadrlar eʼlon qilindi. Aktyor bir guruh rekrutlar bilan birga shifoxonaga tushib qoladigan kapral Yu Je Hun rolini ijro etgan.

Film syujetiga koʻra, askarlar harbiy shifoxonada dam olishni rejalashtiradi. Biroq ular shifoxona aholisi haqidagi qoʻrqinchli mish-mishlarga duch kelib, bu joy qanday sirlarni yashirayotganini aniqlashga qaror qiladi.

Ryu Gyon Su qahramoni — odamovi va sirli inson boʻlib, atrofidagilar bilan til topishishi qiyin. Baxtsiz hodisadan soʻng u kutilmaganda rekrutlar bilan bir palataga tushib qoladi va asta-sekin ularning hikoyasining bir qismiga aylanadi.

Eʼlon qilingan fotosuratlarda qahramon palata eshigini xotirjam ochayotgani, boshqa bir suratda esa shifoxona karavotida oʻtirib, daftarga nimanidir yozayotgani koʻrsatilgan.

Aktyorning soʻzlariga koʻra, uni «Rekrut» original serialining oʻziga xos muhiti, shuningdek, aktyorlik uslubi va loyiha ishtirokchilari bilan ishlash imkoniyati qiziqtirgan. U oʻz qahramonini butun film davomida sirli boʻlib qoladigan inson deb atadi. Shu bilan birga, uning atrofidagilardan uzoqlashib yurishining muayyan sababi bor.

«Rekrut: Arvohlar kezadigan harbiy shifoxona» 30 dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi. Film bir necha mavsumni olgan mashhur serialning toʻliq metrajli davomi boʻladi.