Leyni Uilson CMA Awards 2026 marosimida yangi qoʻshigʻini taqdim etdi
Xonanda «Just a Woman» kantri-soul balladasini ayollar torli cholgʻular ansambli va gospel xori joʻrligida ijro etdi.

Amerikalik kantri xonandasi Leyni Uilson «Just a Woman» nomli yangi kompozitsiyasini CMA Awards 2026ning 60-marosimida taqdim etdi. Premyera 18-noyabr, chorshanba kuni kechqurun, xonandaning oʻzi boshlovchilik qilgan musiqa mukofoti marosimi chogʻida boʻlib oʻtdi.
Uilson qoʻshiqni ijro etish uchun ayollar torli cholgʻular ansambli va gospel xorini taklif qildi. Lyuk Dik va Sheyn MakAnalli bilan hamkorlikda yozilgan kompozitsiyada ayollar duch keladigan ikki xil mezonlar mavzusi koʻtariladi. Qoʻshiq matnida xonanda oʻziga yuklangan rollar va kutilmalarga moslashish niyati yoʻqligini taʼkidlaydi.
Bu Uilsonning kecha davomidagi ikkinchi chiqishi boʻldi. Avvalroq u Vins Gill bilan birga marosimni ochib bergan Dolli Partonga bagʻishlangan musiqiy chiqishda ishtirok etdi.
Xonanda bundan oldin ham musiqa industriyasida ayollar oʻrtasidagi raqobatga qarshi ochiq fikr bildirgan. Oʻtgan yilgi CMA Awards marosimida u ijrochilarni bir-biriga qarshi qoʻyishga urinadigan odamlarni tanqid qilgan.
Bu yil Uilson uchta mukofotga, jumladan, «Yil artisti» unvoniga daʼvogarlik qilmoqda. U bu mukofotni ikki marta qoʻlga kiritgan. Agar xonanda yana gʻalaba qozonsa, CMA Awards tarixida ushbu unvonga uch marta sazovor boʻlgan ilk ayolga aylanadi.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

