Endi Serkis Gollum unga xotirjam uxlashga qoʻymayotganini tan oldi
Aktyor «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmi suratga olinishi oldidan afsonaviy qahramon obraziga qaytishdagi qiyinchiliklar haqida soʻzlab berdi.

Endi Serkis Gollum obraziga qaytishga tayyorgarlik hatto uyqusiga ham taʼsir qilayotganini tan oldi. Aktyor «My Pressures» kitobi nashr etilgani munosabati bilan bergan intervyusida baʼzan tunda uygʻonib ketib, xayolan oʻz qahramoni bilan suhbatni davom ettirishini aytdi. Bunday paytda u oʻz ongi qayerda tugab, Gollumniki qayerda boshlanishini anglamay qoladi.
Serkisning tushuntirishicha, boshqa mavjudotni gavdalantirish jiddiy ruhiy va jismoniy qayta moslashuvni talab qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, Gollum obrazidan butunlay ajralish unga, ehtimol, endi nasib etmaydi. Aktyor «Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» filmida bu rolni yana ijro etadi va unda rejissyor sifatida ham qatnashadi.
Film syujeti Gollumni izlash va uning Sauron qoʻliga tushib qolishiga yoʻl qoʻymaslikka urinishlar haqida hikoya qiladi. Premyera 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.



