Huntr/x «KPop Demon Hunters»ning kutilmagan yangi qisqa metrajli filmida yana paydo boʻldi
Bu video sikvelga tayyorgarlikning bir qismiga aylandi: tez orada xoreograflar tomoshabinlar uchun oʻziga xos pozalar va sahnadagi joylashuvlarni tahlil qilib beradilar.

Netflix «How Itʼs Done» qoʻshigʻi uchun Huntr/xning toʻliq xoreografiyasi aks etgan qisqa videoni chiqardi. Rumi, Mira va Zoi studiyada raqsni mashq qilmoqda, Rumi obrazi esa multfilmda yashirib kelgan jinlarga xos naqshlarini ochiq namoyish etadi.
Bir hafta davomida «Golden», «Takedown», «Soda Pop» va «Your Idol» qoʻshiqlari uchun ham sahna koʻrinishlari eʼlon qilinadi. Ularni original xoreograflar Nayyin, Lijon Li va K-Tigers ijro etadi; videolar Netflixning ijtimoiy tarmoqlari hamda Tudum blogida chiqadi.
Mart oyida Netflix multfilm rejissyorlari Meggi Kan va Kris Appelxans bilan uning davomi ustida ssenariy yozish va rejissyorlik ishlari boʻyicha koʻp yillik kelishuv tuzdi. Sikvelning premyera sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.



