Jisu «Angry Birds 3» multfilmi uchun «Sun Showers» qoʻshigʻini chiqardi
BLACKPINK guruh aʼzosi dekabrda namoyish etiladigan animatsion franshizaning uchinchi qismi uchun joʻshqin pop-trek yozib oldi.

Jisu «Angry Birds 3» multfilmi uchun maxsus yozilgan «Sun Showers» yangi singlini taqdim etdi. Qoʻshiq filmda yangraydi, filmning premyerasi esa 23 dekabrda boʻladi. Sanʼatkor kompozitsiyani yozishda ham ishtirok etgan.
Musiqiy videoda filmning animatsion qahramonlari, shuningdek Jisu oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytida oʻylab topib, chizgan chang uyumidan ilhomlangan Shumon personaji ham paydo boʻlgan. Xonanda trek orqali multfilmning yorqin va shoʻx muhitini yetkazishni, tomoshabinlarda esa uning musiqasiga tabassum qilib, raqsga tushish istagini uygʻotishni xohlaganini aytdi.
«Angry Birds»ning uchinchi qismidagi personajlarga Jeyson Sudeikis, Josh Gad, Emma Myers, Reychel Blum, Denni Makbrayd, Keke Palmer va boshqalar ovoz bergan. Rejissyor — Jon Rays, ssenariy muallifi esa Turop Van Orman.
Ayni paytda Jisu oʻzining debyut yakkaxon albomi ustida ishlamoqda. Avvalroq u «Addicted» va «Click» singllarini chiqargan, shuningdek Coachella 2027 sahnasida chiqish qilishini tasdiqlagan. BLACKPINK fevral oyida beshta trekdan iborat «Deadline» mini-albomini chiqardi, shundan soʻng iyulda jahon gastrol safarini yakunladi.
Yana oʻqing

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi

