Seriallar

Kler Deyns va Yuen MakGregor ishtirokidagi «Joy» trillerining sanasi maʼlum boʻldi

Psixologik «Joy» trilleri Huluʼda 2027-yil 13-yanvarda chiqadi. Servis serialning ilk rasmiy kadrlarini ham namoyish etdi.

15-noyabr, 13:31По-русски

Read in English

kinonews.ru

Hikoya muvaffaqiyatli jarroh Lu Shadvik va oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan eri Deymon haqida. Er-xotin Lu velosipedda bir bolani urib yuborgan-u, buni sezmay voqea joyidan ketgan boʻlishi mumkin, deb gumon qiladi.

Haqiqatni aniqlashga urinishlar davomida qahramonlar oʻrtasidagi shubhalar kuchayadi, ularning munosabatlariga esa sirlar, ehtimoliy ayb va xiyonat taʼsir qiladi. Serialni shou-ranner Ed Solomon yaratgan va ssenariysini yozgan.

Loyihada, shuningdek, David Diggs, Michael Patrick Thornton va Macon Blair rol ijro etgan. Diggs politsiyachi, Thornton esa tergovda qatnashayotgan detektiv rolini oʻynagan. Serialni A24 va 20th Television hamkorlikda ishlab chiqarmoqda. Rejissyor va ijrochi prodyuser vazifalarini Ariel Kleyman bajargan.