Yulduzlar

Rosaliya «Grammy-2027»dagi toʻqqiz nominatsiyasini nishonladi

Ispaniyalik xonanda nomzodlar eʼlon qilinganidan soʻng quvonchini bildirdi va nominatsiyalar soni boʻyicha faqat RAYEʼdan ortda qoldi.

18-noyabr, 11:36По-русски

Read in English

billboard.com

Rosaliya «Grammy-2027» mukofotiga toʻqqizta nominatsiya oldi va bu xabarga ijtimoiy tarmoqlarda hayajon bilan munosabat bildirdi. 16 noyabr kuni nomzodlar roʻyxati eʼlon qilinganidan soʻng xonanda Instagramʼda shampan vinosi shishasini ochib, hovlida quvonchdan sakrayotgan videosini joyladi. U videoga yozgan izohida «LUX» albomi 10 ta mukofotga daʼvogarlik qilayotganini qayd etdi.

Albom «Yil albomi» nominatsiyasiga kiritilgan. Byork va Iv Tyumor ishtirokida yozilgan «Berghain» kompozitsiyasi «Yil qoʻshigʻi» va «Yil yozuvi» nominatsiyalarini oldi. Bundan tashqari, loyiha «Yil prodyuseri» (mumtoz boʻlmagan musiqa) nominatsiyasida maxsus eʼtirofga sazovor boʻldi.

Nominatsiyalar soni boʻyicha Rosaliya ikkinchi oʻrinda turibdi. U 11 ta nominatsiya olgan britaniyalik xonanda RAYEʼdan ortda qolgan.

«Grammy»dagi muvaffaqiyat ijrochining Latin Grammy-2026’dagi zafaridan keyin yuz berdi. Noyabr boshida u beshta mukofot, jumladan, eng asosiy mukofot — yil albomi uchun beriladigan mukofotni qoʻlga kiritdi. Bu Rosaliyaning ushbu kategoriyadagi uchinchi gʻalabasi boʻldi.

Marosim davomida xonanda «El Mal Querer», «Motomami» va «Lux» albomlarini taqqoslab, ularning har biri ijodida yangi bosqichga aylanganini aytdi. Shuningdek, u musiqada samimiyat muhimligini taʼkidlab, yaqinlariga qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

«Grammy-2027» mukofotlarini topshirish marosimi 7 fevral kuni boʻlib oʻtadi.