«Odamlar oʻyinni tanlaydi»: «Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» rejissyori GTA 6dan xavotirda
GTA 6 19 noyabrda PS5 va Xbox Series uchun chiqadi, film premyerasi esa ertasi kuni boʻlib oʻtadi.
29-oktabr, 12:11По-русски

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net
Rejissyor Fransis Lourens IGN nashriga bergan intervyusida Rockstar Games oʻyini bilan ehtimoliy raqobat sabab xavotir olayotganini aytdi. U tomoshabinlar avval GTA 6 uchun, keyin film uchun vaqt topishiga, undan soʻng esa yana oʻyinga qaytishiga umid qilmoqda.
«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» franshizaning prikveli boʻladi. Filmda Ochlik oʻyinlarining 50-musobaqasi haqida hikoya qilinadi. Ushbu musobaqada gʻolib Haymitch Abernathy boʻlgan — avvalgi filmlarda uning rolini Vudi Harrelson ijro etgan.
Film Syuzan Kollinzning 2025 yil bahorida chiqqan shu nomdagi romaniga asoslangan. Rossiyada film rasman 19 noyabrda chiqadi.



