Kayl Bushning bevasi NASCARning vafotidan keyin berilgan mukofotini olib, hissiyotga boy nutq soʻzladi
Samanta Bush Most Popular Driver mukofotini eri nomidan qabul qilib, poygachilar va muxlislarga uning oilasini qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Kayl Bush vafotidan keyin 2026-yilning NASCAR Cup Seriesʼdagi eng mashhur poygachisi deb topildi. Uning rafiqasi Samanta mukofotni Mayamidagi marosimda qabul qilib, taʼsirchan nutq soʻzladi. Bush 21-may kuni 41 yoshida vafot etdi.
«Men dunyoda eng koʻp uning oʻzi shu yerda boʻlib, buni koʻrishini istardim», — deya iqror boʻldi Samanta. U eri bu mukofotni olishni naqadar orzu qilgani va gʻalaba boshqa poygachiga nasib etganida qanchalik iztirob chekkanini aytib berdi.
Samanta Chays Elliott va muxlislarni Kayl uchun ovoz berishga chaqirgan boshqa NASCAR ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Kayl muxlislarining qoʻllab-quvvatlashini qadrlagan, toʻlib-toshgan tribunalarni yaxshi koʻrgan va odamlar uning poygalarini koʻrish imkoniga ega boʻlish uchun qancha vaqt va pul sarflaganini hech qachon unutmagan.
Bu mukofot er-xotinning farzandlari — oʻgʻli Brekston va qizi Lenniks uchun alohida ahamiyatga ega. Shu mukofot tufayli ular otasini atrofidagi odamlar qanchalik sevganini va uning sportga qanday taʼsir koʻrsatganini koʻra oladi.
«Muxlislarsiz Roudi boʻlmas edi va boshqa Roudi hech qachon boʻlmaydi, chunki Kaylga oʻxshagan inson endi yoʻq», — deya Samanta nutqini yakunladi.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

