«Vatan» va «9-raqamli yovvoyi ot» filmlari Camerimage festivalining asosiy mukofotlarini oldi
Polshada oʻtkazilgan 34-Camerimage kinofestivalida toʻliq metrajli va televizion filmlardagi eng yaxshi operatorlik ishlari taqdirlandi.

Festivalning bosh mukofoti — «Oltin qurbaqa» — Pavel Pavlikovskiyning «Vatan» (Fatherland) filmi ustidagi ishi uchun operator Lukash Zhalga berildi. Film «Oskar» mukofotining xalqaro toifasida Polsha nomidan qatnashmoqda. Unda Sovuq urush davrida Germaniya boʻylab sayohat qilayotgan yozuvchi Tomas Mann va uning qizi Erika haqida hikoya qilinadi.
«Kumush qurbaqa» Yasper Y. Spanningning «Nomaʼlum ayol» (Woman Unknown) filmi uchun, «Bronza qurbaqa» esa Mixail Krichmanning «Minotavr» (Minotaur) kartinasi uchun berildi.
Tomoshabinlar simpatiyasi mukofotiga rejissyor Martin Makdonaning «9-raqamli yovvoyi ot» (Wild Horse Nine) josuslik komediyasi sazovor boʻldi. Filmda bosh rollarni Jon Malkovich va Sem Rokvell ijro etgan.
Boshqa gʻoliblar qatoridan «Togʻni ushlab qolish» (To Hold a Mountain) va «Chuuraa» (Chuuraa) hujjatli filmlari, shuningdek, televizion toifada mukofot olgan «Sokin tun» (Silent Night) seriali ham joy oldi.



