Yulduzlar

Tom Holland va Zendaya Londonda 10 mln dollardan qimmat uy sotib oldi

Xabarga koʻra, Tom Holland va Zendaya Londonda besh yotoqxonali uyni 10,8 mln dollarga — boshlangʻich narxdan 987 ming dollarga arzon — sotib olgan.

19-noyabr, 12:44По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Tom Holland va Zendaya Britaniya poytaxtining sokin, yam-yashil hududidan hashamatli uy sotib oldi. Uy qariyb bir akr, yaʼni taxminan 40 sotix maydondagi yerda joylashgan.

Mulkda beshta yotoqxona, toʻrtta mehmonxona va toʻrtta hammom bor. Muzokaralardan soʻng koʻchmas mulkning yakuniy narxi 10,8 mln dollarni tashkil etdi. Bu dastlabki soʻralgan narxdan 987 ming dollarga kam.

Bu Hollandning Londondagi ilk koʻchmas mulki emas. Aktyor avval shaharning janubi-gʻarbida joylashgan taunxausga egalik qilgan va uni taxminan 3,2 mln dollarga sotib olgan. Hozir bu uy 5,9 mln dollarga baholanmoqda. Unda sport zali, uy kinoteatri va alohida dam olish xonasi bor.

Holland va Zendaya bosh rollarni ijro etgan «Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish» filmi suratga olinayotganida tanishgan. Aktyor 2021 yil kuzida ular oʻrtasidagi munosabatlarni tasdiqlagan.