Seriallar

Netflix Donald Glover ishtirok etadigan PUBG serialini suratga oladi

Aktyor bosh rolni ijro etadi, shuningdek, ssenariyni birodari Stiven bilan birga yozadi.

30-oktabr, 17:52По-русски

Read in English

Иллюстрация создана с помощью ИИ (OpenAI)

Netflix PUBG asosida badiiy serial ishlab chiqmoqda. «Atlanta» seriali bilan tanilgan Donald Glover bosh rolni ijro etadi, ijrochi prodyuser boʻladi va ssenariy ustida birodari Stiven bilan birga ishlaydi.

Birodarlar bundan avval «Atlanta» va «Roy» seriallari, «Guava oroli» filmi hamda «Mister va missis Smit»ning yangi versiyasi ustida ishlagan.

Loyihaga, shuningdek, Neon TV, Gilga va Kraftonning koʻngilochar loyihalar uchun masʼul boʻlgan boʻlinmasi LV3H vakillari ham qoʻshiladi.

Serial Netflixʼning oʻyinlar asosidagi ekranlashtirishlari roʻyxatini kengaytiradi. Platformada avval namoyish etilgan loyihalar qatorida «Cyberpunk: Edgerunners» va «Tomb Raider: The Legend of Lara Croft» bor. Shuningdek, servis Assassinʼs Creed va Diablo oʻyinlari asosidagi ekranlashtirishlar ustida ishlamoqda.