Paramount «Sumerki» filmi bilan tanilgan Temple Hill prodyuserlik kompaniyasi bilan kelishuvni uzaytirdi
Studiya kompaniya bilan hamkorlikni kengaytirib, kelishuvga televizion loyihalar ishlab chiqarilishini ham kiritdi.

Paramount Marti Bouen va Uayk Godfri asos solgan Temple Hill Entertainment prodyuserlik kompaniyasi bilan hamkorlik haqidagi kelishuvni uzaytirdi. Endilikda shartnoma nafaqat Paramount Pictures, balki Paramount Television Studiosʼga ham taalluqli boʻladi.
Kompaniyaning boʻlajak kinoloyihalari qatorida Jina Prins-Baytvud suratga oladigan «Qon va suyak bolalari», Sian Hederning «Ertaga, ertaga va ertaga» hamda Garri Bredbirning «Bir italyan yozi» asarlari ekranizatsiyasi bor. Shuningdek, «Tabassum» qoʻrqinchli filmlar franshizasining uchinchi qismi ham ishlab chiqilmoqda.
Temple Hill «Sumerki», «Labirintdagi yuguruvchi» trilogiyasi, «Yulduzlar aybdor» va «Sevgi bilan, Saymon» kabi loyihalari bilan tanilgan. Kompaniyaning soʻnggi televizion ishlari orasida Prime Video uchun suratga olingan va ikkinchi mavsumga uzaytirilgan «Kampusdan tashqarida» seriali, shuningdek, Netflixʼning «Oksforddagi yilim» va «Taʼtilda uchratadigan odamlarimiz» loyihalari bor.
Bouen va Godfri Temple Hillʼga 2006-yilda asos solgan. 2017-yilda Godfri Paramount Picturesʼning kino ishlab chiqarish boʻlinmasiga rahbarlik qildi, 2020-yilda esa oʻz kompaniyasiga qaytdi.



