Josh Brolin Thanos roliga qaytish ehtimolini inkor etmadi, biroq Keybl hikoyasi yakunlangan deb hisoblaydi
Aktyor Marvel kinematografik olamida yana paydo boʻlishi mumkinligini aytdi, biroq uning «Dedpul 2» filmidagi ishtirokini yakunlangan hikoya deb hisoblaydi.

Josh Brolin The Direct nashriga bergan intervyusida oʻzi ijro etgan Marvel qahramonlari — Thanos va Keyblga munosabati haqida soʻzlab berdi. Aktyor Thanos rolini ijro etishdan katta zavq olganini, ayniqsa rejissyorlar Entoni va Joe Russo bilan hamkorlik qilish unga yoqqanini aytdi. Shu bilan birga, u «Dedpul 2» filmidagi Keybl obraziga qaytishni rejalashtirmayapti, chunki bu tajribani yakunlangan va yoqimli xotira deb hisoblaydi.
Muxlislar Brolin «Qasoskorlar: Maxfiy urushlar» filmida yana Thanos obrazida paydo boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq Marvel hozircha aktyorning loyihadagi ishtirokini tasdiqlamadi. Film premyerasi 2027-yilga rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

