Jennifer Lopez Ben Afflek bilan ajrashganidan keyin yangi munosabatlarni rejalashtirmayapti
Qoʻshiqchi hozir yolgʻizligidan baxtli ekanini va yangi juft izlamasligini aytdi. U hayotining hozirgi bosqichidan zavqlanishni afzal koʻrmoqda.

Jennifer Lopez Ben Afflek bilan ajrashganidan keyin yangi romantik munosabatlarga qiziqmayotganini va hayotidan mamnun ekanini tan oldi. Yulduz intervyuda hozir oʻzini baxtli his qilayotganini va hech narsani oʻzgartirishni istamasligini taʼkidladi.
Sanʼatkorning soʻzlariga koʻra, yoshi ulgʻayib, hayotiy tajribasi ortgani sari uning sevgi haqidagi tasavvurlari oʻzgargan. Bolaligida u romantik munosabatlarni boshqacha qabul qilgan, biroq endi avvalgi qarashlari har doim ham haqiqatga mos kelmaganini tushunadi. Lopez, shuningdek, nikoh va chiroyli vaʼdalarning oʻzi chinakam sevgini kafolatlamasligini qayd etdi.
Jennifer va Ben 2022-yilda, ilk unashtiruvlari bekor boʻlganidan qariyb yigirma yil oʻtib turmush qurishgan. Qoʻshiqchi 2024-yil avgustida ajrashish uchun hujjat topshirgan, ajrim esa 2025-yilda yakunlangan.
Yana oʻqing

Duran Duran guruhining sobiq gitaristi Endi Teylor vafot etdi

Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vino xoʻjaligi yuzasidan nizoni yakunladi

