Kino

Yangi «Ochlik oʻyinlari» tanqidchilarni hayratda qoldirdi va franshizaning eng yaxshi qismi deb topildi

Dastlabki sharhlarda, ayniqsa, yosh Heymitch rolini ijro etgan Jozef Zada alohida eʼtirof etilmoqda.

31-oktabr, 13:00По-русски

Read in English

Кадры из к/ф / cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net

Londondagi premyeradan soʻng «Ochlik oʻyinlari: Oʻrim-yigʻim tongi» filmi yuqori baholarga sazovor boʻldi. Tanqidchilar uni seriyaning eng yaxshi qismlaridan biri deb atab, filmning qorongʻi muhiti va hissiy teranligini olqishlamoqda.

Yosh Heymitch Abernati rolini ijro etgan Jozef Zada alohida eʼtibor qozondi. Collider sharhlovchisi Perri Nemiroff aktyor qahramonning jozibasi, gʻazabi va ruhiy iztiroblarini yetkaza olganini taʼkidladi. Jurnalistlar aktyorlar tarkibini, jumladan, Glenn Klouz va Jessi Plemonsni ham alohida qayd etdi.

Ayrim tanqidchilar filmni avtoritar hokimiyatga qarshilik va unga qarshi kurashning bahosi tasvirlangani jihatidan «Rogue One» hamda «Andor» seriali bilan taqqosladi.

Syujet Syuzan Kollinzning 2025-yilda chiqqan romaniga asoslangan. Voqealar birinchi qismdan 24 yil oldin, 50-Ochlik oʻyinlari paytida kechadi. 12-okruglik yosh Heymitch 48 tributdan biriga aylanadi. Bu sinov uning Kapitoliy hokimiyatiga munosabatini oʻzgartiradi.