Yulduzlar

Viktor Vembanyama «Nyu-Orlean»ga qarshi oʻyinda 50 ochko toʻplab, NBAʼda noyob rekord oʻrnatdi

Viktor Vembanyama NBA tarixida bir oʻyinda 50 ochko toʻplagan, beshta uch ochkolik zarbani aniq amalga oshirgan va beshta blok qoʻygan ilk basketbolchiga aylandi.

23-noyabr, 13:37По-русски

Read in English

championat.com

«San-Antonio Spurs»ning fransiyalik markaziy oʻyinchisi Viktor Vembanyama NBA tarixida bir oʻyinda 50 ochko toʻplagan, beshta uch ochkolik zarbani aniq amalga oshirgan va beshta blok qoʻygan ilk basketbolchiga aylandi.

«Spurs» «Nyu-Orlean Pelikans»ni 114:91 hisobida magʻlub etdi. Oʻyindan soʻng 22 yoshli basketbolchi uchrashuvni tomosha qilgan xonanda Selena Gomesni hayratda qoldirmoqchi boʻlganini tan oldi.

«Selena Gomes oldida oʻzimni koʻrsatishim kerak edi», — deya hazillashdi Vembanyama. U bunday oʻyinlarni oldindan rejalashtirmasligini, shunchaki jamoa bilan birga toʻgʻri oʻynashga harakat qilishini va kelajakda shunday uchrashuvlarni yana takrorlashga umid qilayotganini qoʻshimcha qildi.